O‘zbekiston | 10:16 / 26.11.2018
31677
2 daqiqa o‘qiladi

Qanday shaxslarning pensiyalariga ustama haqlari belgilanadi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda ba'zi shaxslarning pensiyalariga ustama haqlari belgilanadi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Ular quyidagilar: 

I guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 150 foizi;
II guruh urush nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 125 foizi;
ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 100 foizi;
I guruh nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
II guruh yolg‘iz nogironlariga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
1941 – 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) – eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 foizigacha;
yoshidan qat'i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga – eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 
teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san'ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga – eng kam oylik ish haqining 50 foizi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pensiya jamg‘armasi bo‘sh mablag‘larini banklar depozitlariga joylashtirishdan olingan daromad qanday taqsimlanishi aytilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid