Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona ğazna hisobvarağidagi vaqtinça böş mablağlarni depozitlarga joylaştiriş tartibi töğrisida Nizomga özgartiriş kiritiş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 maydagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona ğazna hisobvarağidagi vaqtinça böş mablağlarni depozitlarga joylaştiriş tartibi töğrisida nizom 18-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinişi mumkin:

"18. Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining vaqtinça böş mablağlarini tijorat banklarining depozitlariga joylaştirişdan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

sakson foizi – olingan daromad summasiga mos ravişda Özbekiston Respublikasining respublika byudjyeti va Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi daromadlariga;

yigirma foizi - Özbekiston Respublikasi moliya tizimini moliya tizimini ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasiga hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmalariga.

Bunda vaqtinça böş mablağlarni joylaştirişdan Özbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasiga olingan daromadlardan foydalaniş hamda daromadlarni Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasini ijtimoiy rivojlantiriş va xodimlarni moddiy rağbatlantiriş jamğarmasiga yönaltiriş faqat Özbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori böyiça amalga oşiriladi".

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - moliya vaziri J.A. Qöçqorov zimmasiga yuklanadi.