Jahon | 15:05 / 27.11.2018
6846
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik amaldor Shimoliy Koreyaga josuslikda gumonlanib hibsga olindi

Foto: AFP

Fransiya Senatining arxitektura, meros va bog‘lar departamenti rahbari Benua Kennedey KXDR foydasiga josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda AFP manbaga asosan xabar bermoqda.

Amaldor «millatning asosiy manfaatlarini yo‘q qilish»ga qodir bo‘lgan ma'lumotni xorijiy davlatga yig‘ish va topshirishda gumonlanmoqda, deya aytib o‘tdi manba. Parij prokuraturasi bu ish yuzasidan surishtiruvni 2018 yilning martida boshladi. 25 noyabr kuni gumonlanuvchi hibsga olindi.

Benua Kennedey Fransiya-Koreya Do‘stlik assotsiatsiyasini boshqaradi. U Shimoliy Koreya haqida kitob yozgan va Koreya yarim oroliga ko‘p bora safar qilgan.

Fransiya Senati uning qo‘lga olingani borasida hozircha izoh bermadi.

Mavzuga oid