Ma’lum qilinişiça, mojaroga Raxoyning 10 iyul kuni Ispaniyaning El Debate internet naşrida e’lon qilingan maqolasi sabab bölgan. Unda sobiq hukumat rahbari futbol böyiça Jahon çempionati-2026 haqida fikr yuritar ekan, 14 iyul kuni yarimfinalda Ispaniyaning raqibi böladigan Fransiya jamoasini kuçli raqib sifatida baholagan. Biroq şu bilan birga, jamoada «birorta ham fransuz futbolçisi yöq» degan bahsli fikrni ham ilgari surgan.
Bu bayonotga birinçi bölib Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqda ayrimlar hali ham insonning mamlakatga mansubligini familiyasi, tuğilgan joyi yoki teri rangi bilan baholaşini, boşqalar esa uning mamlakatga sadoqati va uning taraqqiyotiga qöşgan hissasi bilan ölçaşini ta’kidladi.
«Ispaniya uni sevadigan va uning ravnaqi uçun mehnat qiladigan barçaga tegişli. Ksenofobik bayonotlar bilan mamlakat obrösiga putur yetkazadiganlarga emas. Fransiya, yarimfinalda körişamiz. Kuçli jamoa ğalaba qozonsin, irqçilik esa mağlub bölsin», — deya yozdi Sançes.
Ispaniya transport vaziri Oskar Puente ham Raxoyning fikrlarini qattiq qoraladi. U sobiq boş vazirni Fransisko Franko diktaturasi davri ğoyalariga moyillikda ayblab, keskin tanqid qildi.
Raxoyning bayonoti Fransiyada ham keng muhokamalarga sabab böldi. Mamlakat içki işlar vaziri Loran Nunes BFMTV telekanaliga bergan intervyusida bu sözlarni «mutlaqo qabul qilib bölmaydigan» bayonot deb baholadi.
Fransiyaning dengizorti hududlari böyiça vaziri Naima Muçu esa uşbu fikrlarni Fransiyaga va mamlakat ifodalaydigan qadriyatlarga qarşi yönaltirilgan nafratning yana bir körinişi sifatida baholadi.
Fransiyaning Madriddagi elçixonasi ham ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy munosabat bildirdi. Unda Fransiya milliy jamoasining barça futbolçilari Fransiya fuqarolari ekani ta’kidlandi. Qayd etilişiça, jamoaning 26 nafar futbolçisidan 23 nafari Fransiya hududida tuğilgan, xorijda tuğilgan uç nafar futbolçi ham Fransiya fuqaroligiga ega.
Mazkur voqea Yevropa jamoatçiligida milliy mansublik, fuqarolik va köp millatli jamiyatlar haqidagi bahslarni yana bir bor kun tartibiga olib çiqdi.












