O‘zbekiston | 17:09 / 27.11.2018
11388
1 daqiqa o‘qiladi

Mavluda Xo‘jayeva O‘zLiDeP ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib saylandi

Foto: O‘zLiDeP

Joriy yilning 26 noyabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining XI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Unda partiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisobi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zLiDeP fraksiyasi a'zosi Mavluda Xo‘jayeva partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib saylandi.

Mavzuga oid