UFC rahbari yilning eng yorqin hodisasini ma'lum qildi
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alabasini shu yilning eng yorqin hodisasi, deb atadi.
«Menimcha, Habibning Makgregor bilan jangiga e'tibor qaratish kerak. Habib g‘alaba qozongan ushbu ajoyib bahs barcha rekordlarni yangiladi. Habib g‘alabani qo‘lga kiritdi, bu tashkilotga uning Fergyuson, Pore bilan janglari yoki Konor bilan revanshini tashkillashtirish imkonini beradi. Men yoki yil oxirida, yoki kelasi yil boshida ikkita-uchta qiziqarli va yorqin jangni tashkil etib berishim mumkin», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi ESPN.
UFC prezidenti revansh sanasi haqida gapirishdan bosh tortdi. Uaytning fikricha, Nevada Atletik komissiyasining sud jarayoni tugashini (dekabr oyi) kutish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov kim bilan jangga qiziqayotganini oshkor qilgandi.
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilishicha, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi jang uning uchun UFC jangchisi Toni Fergyuson bilan bahsdan ko‘ra qiziqroqdir.
Mavzuga oid
00:41
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
19:55 / 01.07.2024