Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) yengil vazn toifasidagi rossiyalik çempioni Habib Nurmagomedovning ma'lum qilişiça, boks böyiça sobiq jahon çempioni Floyd Meyvezerga qarşi jang uning uçun UFC jangçisi Toni Fergyuson bilan bahsdan köra qiziqroqdir.

«Ham tarix, ham pul jihatidan, ham raqobat jihatidan Meyvezer bilan jang ança qiziqroqdir. Odamlarga çempionlarning qulaşi har doim qiziq bölib kelgan. Köpçilik nega Meyvezerning translyatsiyalarini xarid qiladi, sababi unda 50ta jang - 50ta ğalaba. Kimdir unga işqibozlik qiladi, kimdir unga qarşi. Bizning jang ikki karra qiziq böladi, sababi bu umuman mağlubiyatga uçramagan ikki sportçining kuraşiga aylanadi.
Kim qulaşi, kim ortga çekinişini biliş qiziq böladi. Nafaqat OAV vakillari, balki jamoamdagi ba'zi yigitlar ham men bu jangda mağlub bölişimni aytişmoqda, bu esa qöşimça kuç bermoqda. Hozir Atletika komissiyasi bilan sud tugaşi kerak, keyin gaplaşamiz», - deya aytib ötdi Nurmagomedov matbuot anjumanida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Habib Makgregor bilan yana jang ötkazişi mumkin ekani haqida aytgandi.











