Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zavtosanoat» uchta dilerlik korxonalaridagi ulushini sotib yuboradi
«O‘zavtosanoat» AJ uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlarini sotib yuboradi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, korxona ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun dilerlik korxonalari o‘rtasida raqobatni oshirish bo‘yicha, jumladan to‘liq xususiy dilerlik korxonalari sonini oshirish yo‘li bilan bosqichli ishlarni amalga oshirmoqda.
«Mazkur ish doirasida uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlar (Sirdaryo viloyatidagi «Oqoltin Avtotexservis» MChJ, Jizzax viloyatidagi «Jizzax Avtotexxizmat» MChJ va Samarqand viloyatidagi «Samarqand Avtotexxizmat» MChJ) savdo tashkilotchisi – «Respublika mulk markazi» MChJ orqali xususiy investorlarga sotish uchun auksion sotuvga qo‘yildi. Savdo 2018 yilning 26 dekabrida bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekspert O‘zbekistonda GM Uzbekistan'dan ham yomonroq monopoliya paydo bo‘lishini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024