19:50 / 28.11.2018
13897

Qo‘qoncha innovatsiya: Avtobusda til o‘rganish

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida «aqlli avtobus»lar qatnamoqda.

FizMat o‘quv markazi hamda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalari B. Hayitov, X Yunusov, A Inomjonov va U Isroilov tomonidan innovatsion loyiha hayotga tatbiq etildi.

«Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning xorijiy tillarga bo‘lgan munosabatini yaxshilashdan iborat. O‘z nomidan ma'lumki, «aqlli avtobus»da o‘rindiqlarga kundalik turmushda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ingliz va o‘zbek tillarida yozilgan lug‘aviy kartinkalar o‘rnatilgan. Endilikda, odamlarimiz o‘z manzillariga ketish jarayonida ingliz va rus tillarini o‘rganib ketishlari mumkin», deyiladi mualliflar izohida.

Ma'lumot uchun, shaharda 2019 yilning sentabr oyida hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi. 

Bu loyiha qo‘qonliklarga festival vaqtida tashrif buyuradigan sayyohlar bilan muloqot qila olishi uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirishida katta yordam berishi ko‘zda tutilgan. Kelgusida Smart Bus loyihasini yanada rivojlantirish maqsadida koreys va nemis tillarini ham qo‘shish rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid
Top