Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu YeChLda navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Foto: AFP
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida «Yuventus» «Valensiya»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol Mario Manjukich nomiga yozildi.
Manjukichning 59-daqiqadagi ushbu goliga Krishtianu Ronaldu assistentlik qildi. Ma'lum bo‘lishicha, «Valensiya» bilan bahsdagi yutuq 33 yoshli hujumchi uchun Chempionlar ligasidagi 100-g‘alaba bo‘lgan. Shu tariqa u YeChLdagi g‘alabali o‘yinlar soni bo‘yicha yuzlik marraga yetib kelgan ilk futbolchi bo‘ldi.
YeChL to‘purarlari ro‘yxatini ham ancha vaqtdan buyon portugaliyalik boshqarib keladi. Uning hisobida 121ta gol bor. Keyingi o‘rindagi Lionel Messi undan 16ta golga ortda qolmoqda.
Qizig‘i shundaki, Ronalduning Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan o‘yinlari soni ushbu musobaqada ishtirok etib ko‘rgan jami 140ta klubning 136tasinikidan ko‘proqni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, «H» guruhidan «Yuventus»dan tashqari «Manchester Yunayted» ham keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qilgan. So‘nggi turda turinliklar «Yang Boyz» maydoniga safar qiladi, mankunianliklar esa «Valensiya» mehmoni bo‘ladi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025