Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
78 yoshli mahbus 90 ta qotillikni sodir etganini tan oldi
Foto: AP
AQShda 78 yoshli maxbus Semyuel Littl 90ta qotillikni sodir etganini tan oldi. Bu haqda FQB ma'lumotlariga tayanib, National Public Radio xabar bermoqda.
2014 yilda Littl uch nafar ayolni o‘ldirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan, biroq sudda u o‘z aybini tan olishdan bosh tortgan. 2018 yilning bahorida u 1970 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jami 90 ta qotillikni sodir etgani haqida ma'lum qildi.
«Bugungi kunga kelib, [tergovchilar] jamoa tomonidan 34 ta qotillik holati tasdiqlandi, ko‘plab ishlar hali o‘z tasdig‘ini kutmoqda», - deyiladi FQB bayonotida.
Ta'kidlanishicha, Littl ko‘p holatlarda fohishalik bilan shug‘ullangan va giyohvand bo‘lgan ayollarni o‘ldirgan. Bundan tashqari, FQB ma'lumotlariga ko‘ra, uning qurbonlari aholining ijtimoiy himoyalanmagan guruhlariga tegishli bo‘lgan, shuning uchun ularning o‘limi haqida hech kim politsiyaga xabar bermagan va bu holatlar tegishli tarzda surishtiruvdan o‘tkazilmagan.
Mavzuga oid
15:49
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:03
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:28
Tramp dorilarga chegirmalar taklif qiluvchi saytni ishga tushirdi
12:25