Sport | 15:05 / 29.11.2018
7745
2 daqiqa o‘qiladi

Shahram G‘iyosovga «Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi» ko‘krak nishoni topshirildi

28 noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosovga xalqaro musobaqalardagi va professional boksdagi g‘alabalari hamda O‘zbekistonda sportni ommalashtirish yo‘lidagi sa'y-harakatlari uchun «Jismoniy tarbiya va sport a'lochisi» ko‘krak nishonini topshirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz saytiga xabar berdi.

Foto: Instagram

«Vazir Dilmurod Nabiyev Shahram G‘iyosovga qo‘lga kiritayotgan yutuqlari, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lidagi say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sportchimizning yutuqlari yoshlarimiz orasida boksga, umuman sportga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini ta'kidladi hamda vazirlik bundan keyin ham bokschimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qildi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov 25 noyabr kuni AQShning Atlantik Siti shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks kechasida meksikalik bokschi Migel Zamudioni ilk raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozongandi.

Mavzuga oid