Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi boksçi Şahram Ğiyosov ayiq bilan maşğulot ötkazgani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda boksçi Şahram Ğiyosov ayiq bilan maşğulot ötkazgani aks etgan video tarqaldi. Rolikda sportçi yirtqiçni bir neça bor yiqitgani, bu paytda ayiqni boşqa bir kişi jilovidan uşlab turgani tasvirlangan. 

Boks böyiça jahon çempioni va Olimpiada kumuş medali sovrindorining harakatlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining e’tirozlariga sabab böldi. Foydalanuvçilar videoni joylaştirgan kanaldagi post ostida «daxşatli», «jirkanç», «hayvonlar ustidan kuliş» kabi izohlarni qoldirdi. Keyinçalik video öçirildi, ammo u boşqa köplab kanallarda tarqalişga ulgurdi. 

Qayd etilişiça, ayni damda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan holat örganilmoqda. Örganiş natijalariga köra batafsil ma’lumot beriladi va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda çora köriladi. 

Vazirlar Mahkamasining «Yovvoyi hayvonlarni saqlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga köra, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslar tomonidan yarim erkin şaroitlarda, sun’iy yaratilgan yaşaş muhitida yoki tutqunlikda saqlanişi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar röyxati tasdiqlangan. Uşbu röyxatga ayiqlarning barça turi kiritilgan. Ya’ni boşqa hayvonlar qatori ayiqlarni ham davlat va mobil sirklarida (şapitolar) saqlaş hamda ulardan sirk tomoşalarini ötkaziş maqsadlarida foydalaniş taqiqlanadi. 

«Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan har qanday şafqatsiz munosabatni qoralaydi va bu kabi holatlar qonunga köra javobgarlikka sabab bölişini yana bir bor eslatib ötadi», — deyiladi munosabatda. 

Gazeta.uz’ning yozişiça, Şahram Ğiyosov ayiq bilan kuraşgan Buka Gym sport zali bu kabi holatlarni qoralaşini bildirgan. «Bu bizning loyihamiz, mediamateriallarimiz emas va birorta xodimimiz uni suratga olişda iştirok etmagan», — deyiladi kompaniya bayonotida. Şu bilan birga, kompaniya ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilaridan keçirim sörab, hayvonlarni yaxşi körişlarini va doim ularning himoyasi tarafdori ekanliklarini qayd etgan.