Jahon | 12:30 / 29.11.2018
33085
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa haqida gapirdi

Foto: AP

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga intervyu berib, unda Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa haqida gapirdi.

Xususan, AQSh yetakchisi savol bilan chiqqan - Ukraina tomoni Kerch bo‘g‘ozida ukrainalik harbiylar qo‘lga olinishidan avval Rossiyani hududiy suvlar orqali o‘tish niyati haqida ogohlantirganmi.

«Ular o‘zlari o‘tib ketayotgani haqida ruslarni xabardor etishganmi?», - degan Tramp.

Shuningdek, uning bildirishicha, bunday holatlar uchun muayyan harakatlar tizimini yaratish kerak. Tramp Germaniya kansleri Angela Merkelni vaziyatga yechim topishga jalb qilish taklifini bergan. AQSh rahbarining qayd etishicha, bu hodisa unga yoqmadi.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan keng miqyosli urush xavfi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid