Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp neft narxini qanday qulatganini so‘zlab berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp The Washington Post nashriga bergan intervyusida Saudiya Arabistoniga bir qo‘ng‘iroq bilan neft narxini qulatganini so‘zlab berdi.
“2,5 oy oldin bir barrel neft 82 dollar edi va 100 dollarga yaqinlashayotgandi, bu soliqning oshirilishiga o‘xshardi. Men buni istamasdim. Men ularga qo‘ng‘iroq qildim va ular neftning bozorga oqishiga ijozat berishdi hamda neft narxi 52 dollar bo‘ldi”, deb aytgan Tramp.
Uning aytishicha, u bu qo‘ng‘iroqni 3 oycha avval amalga oshirgan.
Oktyabr o‘rtalaridan neft arzonlasha boshladi va noyabr o‘rtalariga kelib, bir yildan ko‘proq vaqt ichida ilk bor 60 dollardan arzonlashdi. Neft narxining pasayishi bir qator omillar bilan tushuntirilmoqda, ulardan eng asosiysi – bir qator davlatlarda iqtisodiy o‘sishning pasayishi bilan birga neft qazib olish hajmining oshishi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026