Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fransiya Taraqqiyot agentligining 150 mln yevro mablag‘ini jalb qildi
Foto: REUTERS/Leonhard Foeger
O‘zbekiston hukumati Fransiya Taraqqiyot agentligi (FTA)ning byudjyetni qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million yevro miqdoridagi mablag‘ini jalb etdi.
O‘zbekiston prezidentining «Fransiya Taraqqiyot agentligi ishtirokida «Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokama uchun qo‘yildi.
Hujjatda qayd etilishicha, 2018 yil 22 noyabrda Fransiya Taraqqiyot agentligi (FTA) direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga Osiyo Taraqqiyot banki ko‘magida ishlab chiqilgan, «Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi» loyihasi doirasida byudjyetni qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevro miqdorida qarz ajratish tasdiqlandi.
Kredit olti yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga berildi. FTA qarzi O‘zbekiston Davlat byudjyeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun taqdim etilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
13:22 / 23.03.2026
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
10:54 / 23.03.2026