Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashadze Gruziya prezidenti saylovlari natijalarini tan olmadi
Gruziya prezidenti lavozimiga muxolifat nomzodi Grigol Vashadze Gruziyada o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasligini aytdi.
29 noyabrda Gruziya markaziy saylov komissiyasi mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarining 2-turi natijalarini e'lon qildi. Ularga ko‘ra, mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 59,52 foiz ovoz bilan saylovlarda g‘alaba qozongan, Vashadze esa 40,48 foiz ovoz bilan mag‘lub bo‘lgan.
“Biz bu saylovlar va ularning natijalarini tan olmaymiz. Bizda prezident yo‘q”, deb aytgan Vashadze tarafdorlari yig‘ilishida.
U bo‘lib o‘tgan saylovlarni “jinoiy maynabozchilik” deb atagan.