Jahon | 15:13 / 30.11.2018
12709
3 daqiqa o‘qiladi

CNN: G20 jahondagi bo‘lajak tartib qanday bo‘lishini ko‘rsatib beradi

Foto: Xinhua

Jahondagi ko‘plab «og‘ir vaznlilar» uchrashadigan G-20 sammiti, kelajakdagi global tartib haqida o‘ziga xos tasavvurga ega bo‘lish imkonini yaratadi. Bu haqda CNN telekanalining xalqaro siyosat muharriri Nik Robertson ma'lum qilmoqda.

Argentinadagi sammit kun tartibida jahon siyosatchilari bir-birlari bilan qator uchrashuvlar seriyasini o‘tkazadilar. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan turli uchrashuvlar, shubhasiz, uning «Amerika birinchi o‘rinda» siyosatiga qaratiladi. Bu, katta ehtimol bilan, «Katta yigirmatalik» sammitining muhim yakuniy bayonnomasini tuzish uchun barcha imkoniyatlardan mahrum etadi, deya qo‘shimcha qiladi muallif. Robertson avvalgi G7 sammitini, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik forumini misol sifatida keltirgan.

Trampning ko‘p qirrali yondashuvdan yuz o‘girishi «global drama»ni yaratmoqda, deya hisoblaydi muallif. Xususan, AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi rahbari Si Tszinpin savdo urushining kuchayishiga tayyor turibdi. Biroq, Trampdan farqli o‘laroq, Xitoy rahbari, katta ehtimol bilan, bir necha yil oldinga rejalar tuzib qo‘ygan, deb yozadi Robertson. Si Tszinpin hokimiyat tepasida Trampdan ko‘ra ko‘proq vaqt qoladi hamda Trampning prezidentligi tarixga kirganidan keyin ham G20 sammitlarida qatnashadi. Muallifning ta'kidlashicha, AQSh va Xitoy yetakchilarining G20’dagi uchrashuvi jahon savdosiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi. Bu esa, o‘z navbatida shuni anglatadiki, ular barcha muhim masalalarni muhokama qila olmaydilar, deyiladi materialda. Natijada, Rossiya yetakchisi G20 sammitini Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli Trampdan qanday harakatlar kutish kerakligiga ishonch hosil qilmagan holda tark etadi, deya qo‘shimcha qilgan CNN muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Trampning Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga munosabat bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid