Light | 17:30 / 30.11.2018
38063
4 daqiqa o‘qiladi

Diqqatni boshqarishning 7 usuli

Diqqatni boshqarish ko‘nikmasi taym-menejmentning har qanday talablaridan muhimroq. U yanada samarali ishlash va baxtliroq bo‘lishga yordam beradi.

Diqqatni pul deya qabul qiling

Tasavvur qiling, diqqatingiz bu – pul. Bu valyuta sizda cheklangan miqdorda. Kun davomida uni “qimmat” va “qimmat bo‘lmagan” vazifalar uchun sarflashingiz mumkin. Jiddiy ish, mutolaa, siz uchun ahamiyatli vazifalar ko‘proq diqqat birligini talab etadi, biroq arzon turadi. Kam ahamiyatli masalan, ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash kamroq diqqatni talab qiladi. Biroq u qimmat turadi. Diqqatning qarama-qarshi jihati ham shundan iborat.

Foto: Layfxaker

Kunni elektron qurilmalardan boshlamang

Ko‘pchilik erta tongni ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar o‘qishdan boshlaydi. Bunday qilsangiz, diqqatni jamlash qobiliyatingizga putur yetkazasiz. Kunni kitob mutolaasi yoki kundalikka qaydlar yozishdan boshlagan afzal. Hech kim pochtani tekshira turib, hayotni o‘zgartirmagan. Shunday ekan, nima uchun bunga shu qadar ko‘p vaqt sarflaysiz?

Siz uchun qimmatli bo‘lgan vazifalarga diqqatingizni qarating

Har qanday maqsad yo‘lida muvaffaqiyatga qaraganda muhimroq bo‘lgan bir necha vazifalar bo‘ladi. Agar ularga e'tibor bermay, boshqa ishlar bilan shug‘ullansangiz, sizda bandlik hissi bo‘ladi. Biroq samaradorlik aziyat chekadi.

Samaradorlik – biror vazifaga vaqt sarflash emas, vaqtni qanday sarflashdir. Bu esa aynan o‘z diqqatingizni boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Layfxaker

Ko‘p vazifalilikdan qoching

U samaradorlik va diqqatni bir joyga jamlagan holda ishlashga zarar keltiradi. Faqat irodangizgagina tayanmang.

Hech bo‘lmaganda bir vazifaga diqqatni qaratishga harakat qiling. Bu vaqt davomida to‘liq ish kunida bajarishga qaraganda ko‘proq ishga ulgurish mumkin.

Dam olishni unutmang

Ko‘pincha tanaffus vaqtida ham haqiqiy dam olmaymiz. Ko‘chaga chiqqan bo‘lsangiz-da, vaqtni Twitter’da o‘tkazsangiz, bunday sayrning foydasi u qadar ko‘p bo‘lmaydi.

Tinchlanish va dam olish zarur. Bundan tashqari, dam olayotganingizda miya ishlashda davom etadi. Shuning uchun ham muammolarning yechimi va g‘aroyib fikrlar dush qabul qilayotganingiz yoki bog‘da sayr qilayotganingizda keladi.

Foto: Layfxaker

Ertangi kun uchun rejalarni kechki payt tuzing

Ana shunday qilsangiz, qarorni qabul qilish natijasida yuzaga keladigan charchoqni bartaraf etib, kuchingizni arzimas narsalarga sarflamaysiz. Tongda diqqatni jamlash osonroq, shuning uchun bu vaqtni biror foydali narsaga sarflagan afzal. Kunni kechki payt rejalashtiring. Tongda darhol ishga kirishish uchun barcha kerakli narsalarni hozirlang.

Siz uchun nima muhim ekanligini biling

Ustuvorliklaringizga to‘g‘ri kelmaydigan barcha narsalarga “yo‘q” deng. Ularni aniqlang va o‘z kuningizni ularga muvofiq tarzda tuzing.

Mavzuga oid