Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yo‘l-yo‘lakay»: 95 yoshli onasini «Taxtiarava»da aylantirayotgan farzand
Jurnalistning kuni yo‘lda o‘tadi. Yo‘l esa doim turli va turfa qiziqarli hodisotlarga boy.
Kun.uz tahririyatiga kelib tushgan navbatdagi murojaat yuzasidan Andijondan Farg‘ona viloyatining chekka tumaniga qarab yo‘l oldik. Marg‘ilonga yaqinlashganimizda tasvirchimiz ko‘cha chetidagi atlas soyabonli aravaga e'tibor qaratdi. Ortga qayrilib, arava yetaklagan opaning oldiga tushdik.
Youtube'da ko‘rish
Mover'da ko‘rish

Chiroyli bezatilgan aravada issiq ko‘rpachalarga mehr bilan o‘rab qo‘yilgan nurli onaxon o‘tirardi.
Salomlashamiz. «Onam 95 yoshdalar. Uzoq yillar turli sohalarda ishlab, farzandlar, nevaralar, chevaralarni ulg‘aytirdi. Uyda o‘tirib, zerikib qoladi. Har kuni «Aylantirib kelinglar», deydi. Onamizni sayr qildirish uchun mana shunday arava yasattirdik. Har kuni yarim soatdan ko‘cha aylantiramiz. Toza havoda ko‘chalarni, odamlarni ko‘rib dili yoziladi, ko‘ngli ko‘tariladi», deydi uning 51 yoshli qizi Umidaxon opa.

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi Otanazarova Muyassarxon ona 95 bahorni qarshilagan bo‘lsada, hali juda tetik. Qutlug‘ yoshdagi ona qishloq va mahalla ardog‘ida. Qo‘l ochib, farzandlarini duo qiladi.

Farzandlar volidasi uchun quyosh va yomg‘irdan pana qiluvchi atlas soyabon va yumshoq o‘rindiqlar bilan arava yasattirishibdi. Onaning oddiygina, qo‘lbola «taxtiaroba»da xursand o‘tirganini ko‘rib, yurak allanechuk bo‘ldi.

Taajjub... Ona qimmatbaho avtomobil emas, balki oddiygina arobada o‘tirib ko‘cha aylansa ham baxtli edi. Volida uchun uni dabdabali avtomashina emas, farzandining mehr to‘la qo‘llari yetaklagan arava quvonch baxsh etarkan.

Biz yo‘limizda davom etdik. Odamiylik va muhabbatni yetaklab ketayotgan arava ham katta yo‘lda o‘zidan nur taratayotgandek ketib borardi...
Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri.
Andijon - Farg‘ona
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
14:08 / 08.01.2026
3 yoshga to‘lmagan bolasi bor onalar uchun ish vaqti qisqartiriladi
13:40 / 27.09.2025