Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Abe bilan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansidagi janjalni muhokama qiladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan Renault-Nissan-Mitsubish alyansi sobiq rahbari Karlos Gonning hibsga olinishiga aloqador vaziyatni muhokama qilmoqchi. Bu haqda The Mainichi yozmoqda.
Qayd etilishicha, gap avtokonsernlar o‘rtasidagi hamkorlik haqida ham boradi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, uchrashuv Buenos-Ayresdagi G20 sammitida bo‘lib o‘tadi. Hozirgi vaqtda tomonlar muzokaralarni muvofiqlashtirish ishlarini yakunlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan Karlos Gon mojarosi fonida Renault bilan ittifoqni qayta ko‘rib chiqmoqchi ekani xabar berilgandi.
Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashlaganligi xabar qilingandi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
11:47 / 21.01.2026