Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Morgan Stanley 2019 yilni «kosmos yili» deb atadi
Morgan Stanley taxminicha, 2019 yilda kosmik sohaga investitsiyalar hajmining o‘sishi kutilmoqda. Tahlilchilar so‘ziga ko‘ra, ayrim bank mijozlari kosmosga aloqador loyihalarga sarmoya kiritish imkoniyatlari bilan faol qiziqmoqda.
Odatda, xususiy sarmoyadorlar «kosmik texnologiyalar o‘z ishiga bilvosita bog‘liq», deb hisoblaydilar.
Biroq, Morgan Stanley bunday loyihalarga e'tibor qaratishni tavsiya qilmoqda: keyingi oyda bank investorlar uchun «kosmik sammit» o‘tkazadi.
Eng istiqbolli kosmik kompaniyalar ro‘yxatiga bank Ilon Maskning SpaceX va Jyeff Bezosning Blue Origin shirkatlarini qo‘shdi.
Bundan tashqari, Morgan Stanley kosmik startaplarga e'tibor qaratishni maslahat beradi: Vector, Virgin Orbit, Rocket Lab va boshqalar.
2040 yilga borib, kosmik loyihalar bozori hajmi 1 trln dollardan oshadi, deb taxmin qilishmoqda tahlilchilar. SpaceX o‘sha vaqtga kelib Internet sun'iy yo‘ldoshlar tizimini ishga tushirish orqali bozordagi qiymatini ikki yoki uch barobarga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
08:05 / 02.04.2026
Oyga yangi qadam: NASA'ning “Artemida-2” missiyasi boshlandi
07:53 / 09.03.2026