Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Shimoliy dengiz yo‘lidan xorijiy harbiy kemalar o‘tishini cheklaydi
Rossiya mudofaasini boshqarish Milliy markazi boshlig‘i Mixail Mizintsev xabariga ko‘ra, 2019 yildan boshlab xorijiy harbiy kemalar Shimoliy dengiz yo‘lidan faqat Rossiya hukumati xabardor qilinganidan keyin yurishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Uning ta'kidlashicha, bunday chora Rossiya qonunchiligining tegishli qismidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq.
«Shimoliy dengiz yo‘lidan foydalanish qismidagi huquqiy bo‘shliqni bartaraf etish uchun Rossiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ish tashkil etildi, uning natijasida xorijiy harbiy kemalar harakatidan xabardor etish xususiyati paydo bo‘ladi», - dedi Mizintsev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli ishlar 2019 yilgi navigatsiya mavsumi boshlanishi bilan yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin haqida ochiq gapirgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026