Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Tramp va Si Tszinpinni vazminlikka chaqirdi
Foto: AFP
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Tszinpinni savdo kelishmovchiliklarida vazminlikka chaqirdi. Bu haqda NHK xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Abe Tramp va Si Tszinpinga AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo bahslari butun jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy tahdid ekanini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, Yaponiya bosh vaziri G20 sammitida savdo kelishmovchiliklarini hal qilishda yetakchilarni konstruktiv yondashuvga ega bo‘lishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Rossiya va Xitoy bilan raqobatidan kim eng ko‘p zarar ko‘rayotgani aytilgandi.
Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Xayko Maasning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga ta'sir o‘tkazmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar o‘rtasida yuz beruvchi raqobat bilan aniqlanadi.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
19:23 / 02.10.2023