Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbari Xayko Maasning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlarning Rossiya va Xitoy bilan raqobati Yevropa mamlakatlariga ta'sir ötkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Vazirning sözlariga köra, zamonaviy geosiyosiy muhit jahondagi qudratli davlatlar örtasida yuz beruvçi raqobat bilan aniqlanadi.

«Uşbu musobaqa arenasi yanada aniqroq bölib bormoqda: bir tomondan, iqtisodiy, Qöşma Ştatlar va Xitoy örtasidagi, savdo mojarolarining kuçayiş ehtimoli bilan. Boşqa tomondan, AQŞ va Rossiya, şuningdek, AQŞ va Xitoy örtasidagi strategik raqobat», - dedi Maas.

Uning ta'kidlaşiça, hozirgi vaziyatda Yevropa hammadan köp yöqotmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞga keskin javob qaytargandi.

Xitoy Xalq Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Gen Şuanning bildirişiça, AQŞ prezidenti huzuridagi iqtisodiy maslahatçilar kengaşi raisi Kevin Xassetning Xitoy Jahon savdo taşkilotidan (JST) çiqarib yuborilişi haqidagi bayonoti bema'ni va Qöşma Ştatlarning takabburligi isbotidir.