Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari pasaygani haqida ma'lum qildi
Foto: REUTERS/Andres Martinez Casares
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar bojlari tufayli Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari pasayib ketgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi AQShning bojlari tufayli «juda qiyin holatda qolgan».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Pekinga qarshi bojlarni yanada kuchaytirishni xohlamayapti.
Trampning qayd etishicha, hozirgi vaqtda AQSh iqtisodiyoti Xitoyga qaraganda «ancha kattaroqqa aylandi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Tszinpinni savdo kelishmovchiliklarida vazminlikka chaqirgandi.
Abe Tramp va Si Tszinpinga AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo bahslari butun jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy tahdid ekanini ma'lum qilgan. Yaponiya bosh vaziri G20 sammitida savdo kelishmovchiliklarini hal qilishda yetakchilarni konstruktiv yondashuvga ega bo‘lishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:37 / 03.02.2026
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026