BAAning Abu-Dabi amirligi rahbariyati mamlakat tashkil topganining 47 yilligi munosabati bilan fuqarolarga 18,3 mlrd dirhamlik (5 mlrd dollar) moliyaviy yordam ajratdi.
Taqdim qilingan yordam uy-joy sotib olish uchun kreditlar, tayyor uylar va qurilish uchun yer maydonlarni o‘z ichiga oladi. Bu yordamdan 12 ming kishi foydalana olishi mumkin.
Abu-Dabi valiahd shahzodasi Abdulla bin Zoid Al Nahayonning aytishicha, bu chora “ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar uchun munosib turmushni ta'minlashga” qaratilgan.
BAA milliy kuni 2 dekabrda nishonlanadi. 1971 yil shu kuni Abu-Dabi boshchiligida 6 ta amirlikdan iborat mustaqil davlatni tashkil etish bo‘yicha kelishuv tuzilgan.