Jahon | 12:13 / 02.12.2018
5476
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yaponiya qo‘shinlarini kiberhujum texnologiyalari bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda

Foto: The Mainichi

Yaponiya hukumati milliy mudofaa kuchlari qo‘shinlarini kibernetik hujum qilish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar bilan jihozlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mainichi Shimbun gazetasi xabar qildi. 

Ayni paytda Yaponiya mudofaa vazirligi shunga mos nizomni ishlab chiqmoqda.

Qayd etilishicha, kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liqlik kengayib borayotgan pallada kibernetik makonda zamonaviy jangovar harakatlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, amaldagi konstitutsiya bo‘yicha kibernetik hujum faqatgina mudofaa maqsadida qo‘llanilishi lozimligi ta'kidlangan.

Mavzuga oid