Jahon | 15:39 / 02.12.2018
10677
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Germaniyaning Qora dengizdagi harbiy ishtirokini kuchaytirish zarurligini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Germaniya va uning ittifoqchilari Rossiyani to‘xtatib turish uchun Qora dengizdagi harbiy ishtirokini kuchaytirishi kerak, dedi Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Funke Media Group’ga bergan intervyusida.

«Biz Rossiyani tutib turuvchi omil sifatida Germaniya va ittifoqchilarning Qora dengizdagi harbiy ishtirokini kuchaytirishimiz kerak», dedi Poroshenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga toqat qilib bo‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat va birlashgan Yevropa Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishlari shart».

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin mamlakat hukumati Ukrainadagi qator portlarni Rossiya kemalari uchun yopib qo‘yishi mumkinligini bildirgandi.

Mavzuga oid