Ukraina prezidenti Petr Poroşenko noyabr oyida 28 ming grivna (1 ming dollar) maoş olgan, deb xabar berdi «Ukrainskiye novosti» naşri.
Xabarda aytilişiça, uşbu maoşdan 5,4 ming grivna (196 dollar) soliq va yiğimlarga, qolgan qismi esa xayriya maqsadlari uçun ötkazilgan.
2017 yilgi deklaratsiyaga köra, Poroşenko ötgan yili 16,3 million grivna (580 ming dollardan ortiq) daromad körgan. «Fokus» jurnalining yozişiça, Poroşenkoning boyligi ötgan yili 589 million dollardan 542 million dollarga kamaygan.

















