Lipetsk sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroşenkoga tegişli Lipetskdagi «Roshen» qandolat fabrikasining aktivlarini Rossiya foydasiga musodara qilişga qaror qildi. Bu haqda 19 fevral, duşanba kuni Lipetsk viloyati sud tizimi qöşma matbuot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilişiça, sud qarori bilan qandolat fabrikasining uluşlari va benefitsiari Petr Poroşenkoning öğli Aleksey bölgan, Markaziy Yevropa qandolatçilik kompaniyasiga tegişli bölgan «Roshen» MÇJ ustav kapitalidagi 94,9976 foiz aksiyalar, şuningdek, Lipetsk zavodining sobiq boş direktori Oleg Kazakovga tegişli bölgan «Roshen» MÇJ ustav kapitalidagi 5 foiz aksiyalar Rossiya Federatsiyasi daromadiga aylantirilişi kerak. 

Rossiyada faoliyatni taqiqlaş 

Bundan taşqari, matbuot xizmatining ta’kidlaşiça, Lipetskning Oktyabr tuman sudi Petr va Aleksey Poroşenko, şuningdek, Oleg Kazakovlarning Rossiyadagi faoliyatini «ekstremistik faoliyatni amalga oşiriş bilan boğliq holda» taqiqlagan. Şunday qilib, sud Rossiya Federatsiyasi boş prokurori örinbosarining tegişli talablarini qanoatlantirdi. 

2013 yilda Rospotrebnadzor Roshen qandolat korporatsiyasidan mahsulotlarni Rossiyaga olib kirişni taqiqladi, 2016 yil dekabr oyida Moskvaning Basmanniy sudi Rossiyadan QQSni noqonuniy qaytariş orqali 180 million rubl öğirlaş böyiça jinoiy iş doirasida 14 ta Roshen köçmas mulk obektini musodara qildi. 2017 yil yanvar oyida Poroşenko korporatsiyasi Lipetsk qandolat fabrikasining işlab çiqariş faoliyatini «iqtisodiy va siyosiy sabablarga köra» töxtatayotganini e’lon qildi.