Ukraina prezidenti Petr Poroşenko Rossiyaning kelasi yili Ukrainada bölib ötadigan prezidentlik va parlament saylovlariga ta'sir körsatişga urinişda aybladi.

"Kelgusi yili Ukrainada muhim saylovlar – prezidentlik va parlament saylovlari bölib ötadi. Rossiya bu saylovlarga ta'sir körsatişiga imkon bermaslik juda muhim. Biz hozirdanoq köplab urinişlarni körmoqdamiz. Umumiy sa'y-harakatlarimiz bu tahdidga qarşi tura olişimizga umid bermoqda", dedi Ukraina prezidenti.

Uning sözlariga köra, gap tarğibot, kiberhujumlar va soxta xabarlarga qarşi turiş haqida bormoqda.

Ukrainada kelgusi yil martida prezidentlik, kuzda parlament saylovlari bölib ötadi.