Ukraina prezidenti Petr Poroşenko kutilayotgan prezidentlik saylovida yana ğalaba qozonsa, Ukrainaning NATO a'zoligi böyiça masalani 2019 yil yakuniga qadar muhokama etişini bildirdi. 

​«Ikkinçi prezidentlik muddatim yakuniga qadar Ukrainani YeI va NATO a'zoligiga olib kirişni rejalaştirganman. 2023 yilda YeIga tarkibiga kiriş böyiça muzokaralarni boşlaş va NATO a'zoligi böyiça amaliy dasturga ega böliş haqiqatga mos keladi. Dekabrda ötkazilişi kutilayotgan NATOning London sammitida, agar saylovçilar keyingi beş yillik uçun işonç bildirsa, a'zolik masalasini xalqaro maydonda kötarmoqçiman», — deydi davlat rahbari yakşanba kuni Kiyevdagi saylovçilar bilan uçraşuvda. 

​19 fevral kuni Poroşenko mamlakat Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi hujjatni imzoladi. Unda Ukrainaning yevropaça birligi va kelib çiqişi, yevroatlantik yönalişdan oğişmasligi ta'kidlanadi.

Ma'lumot uçun, Ukrainada prezidentlik saylovi 31 mart kuni bölib ötişi kutilmoqda.