Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkinning ma'lum qilişiça, mamlakat hukumati Ukrainadagi qator portlarni Rossiya kemalari uçun yopib qöyişi mumkin. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning sözlariga köra, Kiyev Kerç böğozidagi hodisadan keyin javob harakatlari böyiça bir neça variantni muhokama qiliş bilan band.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Rossiyadan kemalar uçun portlarni yopiş «variantlardan biri» hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari iştirok etganini tan olgandi.
Rossiyalik harbiylar Kerç böğozidagi hodisalarga jalb etilgan. Bu haqda RF Mudofaasi boşqaruvi Milliy markazi rahbari Mixail Mizintsev ma'lum qilgan.
«Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Çegara xizmati, Rosmorreçflot va Janubiy harbiy okrug kuçlarining samarali hamkorligi tufayli 25 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hududiy dengiziga noqonuniy kirib kelgan Ukraina harbiy-dengiz kuçlari kemalarining provokatsion harakati bartaraf etildi», - deya aniqlik kiritdi u.

















