Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari bilan ham hamkorlik qiladi
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi hamda Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Adliya vazirligi telegram-kanali xabarida aytilishicha, unga ko‘ra:
Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari bilan ham o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari har oyning 11-sanasidan boshlab har kuni Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga suv ta'minoti hamda ko‘rsatilgan suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste'molchilarning elektron reyestrlarini yuboradi.
Iste'molchilarni ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qo‘yish hamda ularni qayta ulash Byuro yoki Byuroning majburiy talabnomasiga asosan ichimlik suv-kanalizatsiya xo‘jaliklari tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 16.05.2026