Jamiyat | 19:45 / 03.12.2018
20939
1 daqiqa o‘qiladi
Poyezd kupesidagi yostiq ichiga yashirilgan o‘q-dorilar fosh etildi
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Ushbu shaxs joylashgan kupe vagoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, u yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg drobni yashirgan holda yurtimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 23.10.2024
9 oyda bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani aytildi
15:36 / 10.09.2024
2023 yilda 219 kishi kassetali snaryadlardan jabrlandi
17:12 / 20.08.2024
Shveytsariya hukumati ko‘llardagi o‘q-dorilarni yig‘ib olish uchun eng yaxshi g‘oyalarga 58 ming dollar va’da qildi
11:32 / 20.06.2024