Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Foto: REUTERS
Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli London Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish niyatida. Bu haqda Meyning matbuot xizmati xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya Rossiyaning xatti-harakati tufayli sanksiya rejimini kuchaytirish masalasida Yevropa davlatlari orasida «har doim birinchi o‘rinni egallab kelgan».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik dengizchilarini ozod qilish uchun vaziyatni biroz yumshatish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MI6 rahbari Rossiyaga chaqiriq bilan chiqmoqchi ekani xabar berilgandi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, MI6 direktori Aleks Yanger Rossiyani Buyuk Britaniyaga «kam baho berishni» to‘xtatishga chaqirmoqchi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Yanger Moskvani Londonning qat'iyati va imkoniyatlariga «past nazar bilan qarashni» to‘xtatishga chaqirish niyatida.
Mavzuga oid
21:41
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
08:39 / 04.05.2026