MI6 direktori Aleks Yanger Rossiyani Buyuk Britaniyaga «kam baho berişni» töxtatişga çaqirmoqçi. Bu haqda The Telegraph xizmat rahbarining nutqiga asosan xabar berdi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Yanger Moskvani Londonning qat'iyati va imkoniyatlariga «past nazar bilan qaraşni» töxtatişga çaqiriş niyatida.

Ta'kidlanişiça, MI6 direktori Brexit arafasida Britaniya va uning ittifoqçilari örtasida aloqalarni mustahkamlaşning muhimligi haqida ham gapiradi.

Şu bilan birga, Yanger uşbu nutq bilan 3 dekabr kuni Şotlandiyaning Sent-Endryus universiteti talabalari oldida çiqiş qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya boş ştabi boşliği «Rossiya tahdidi» haqida gapirgandi.

Buyuk Britaniya boş ştabi boşliği general Mark Karlton-Smitning ma'lum qilişiça, Rossiya London uçun IŞID terrorçilik guruhidan ham köproq xavf tuğdiradi.