Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada gaz va elektr narxi oshmaydigan bo‘ldi
Fransiyada 2019 yil boshidan elektr va gaz narxi oshirilmaydi, dedi Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp.
"Yil boshidan oshirilishi kerak bo‘lgan gaz va elektr tariflari konsultatsiyalar davomida, ya'ni ushbu qish mavsumida oshirilmaydi", — dedi Filipp.
U shuningdek, yonilg‘i solig‘i oshirilishiga ham yarim yillik moratoriy qo‘yilganini ma'lum qildi.
Fransiyada 17 noyabrdan "sariq nimchalilar" namoyishlari boshlangandi. Ular xususan, benzin narxi oshirilishiga ham qarshi chiqishgandi. Parijdagi namoyishlarda politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, mashinalarga o‘t qo‘yildi. Tartibsizliklar davomida 412 kishi hibsga olindi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026