Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada mafiya yetakchisi va 45 a'zosi qo‘lga olindi
Italiyada Sitsiliya mafiyasi “Koza nostra” yetakchisi Settimino Mineo va mafiyaning 45 a'zosi qo‘lga olindi. Bu haqda 4 dekabrda Palermo.Repubblica nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, mafiozlar politsiyaning Palermo viloyatida o‘tkazgan maxsus operatsiyasi natijasida qo‘lga olingan. Ularga mafiyaga aloqadorlik, ta'magirlik, qurolni noqonuniy olib yurish va boshqa og‘ir jinoyatlar sodir etish ayblovi qo‘yilgan.
Hozirda Sitsiliya mafiyasi narkotrafik va onlayn-kazino hisobiga millionlab yevro daromad oladi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Mineo juda ehtiyotkor bo‘lgan, mobil telefonlardan foydalanmagan, barcha uchrashuvlarni shaxsan o‘zi o‘tkazgan. Ammo uni politsiyaga haydovchisi sotib bergan.
Mavzuga oid
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026