Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi. Prezidentning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning «total yakkalatib qo‘yilgani xalqaro muvofiqlashtiruv» natijasi sanaladi. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, Ukraina hukumati o‘z mamlakatini mustaqil ravishda himoya qilish niyatida.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Kiyevning xalqaro maydondagi «faol» o‘rnini ta'kidlab o‘tdi hamda mamlakatda «ishonchli ittifoqchilar» mavjudligini bildirdi.
«Xalqaro pozitsiyamizning muvaffaqiyati butunlay ravshan... Ukraina barcha xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kuchli global koalitsiyani shakllantirdik», - deya xulosa qilgan Poroshenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin haqida ochiq gapirgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi.
«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko.
Poroshenko mamlakatni 2014 yilda boshqara boshlaganidan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bo‘lishdan to‘xtadi.
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024