Jahon | 02:05 / 04.12.2018
5886
1 daqiqa o‘qiladi

Shri-Lankada bosh vazir va yana 49 vazirning vakolatlari to‘xtatildi

Shri-Lanka apellyatsiya sudi 73 yoshli bosh vazir Maxinda Rajapaksa va 49 vazirning lavozim vakolatlarini vaqtinchalik to‘xtatish haqida qaror chiqardi.

Amaldorlar 12 dekabrda sud jarayoniga borishlari kerak bo‘ladi. Shundan keyin sud Rajapaksa hukumatining qonuniyligi bo‘yicha yakuniy qaror chiqaradi.

23 noyabrda apellyatsiya sudi 122 deputat, jumladan sobiq bosh vazir Ranila Vikramasingxening Rajapaksa hukumatining qonuniyligi bo‘yicha kassatsion shikoyatini olgan. 

Oktyabr o‘rtalarida Shri-Lanki prezidenti Maytripala Sirisena Vikramasingxeni bosh vazir lavozimidan chetlatib, uning o‘rniga o‘zining tarafdori Rajapaksani tayinlagan edi. O‘shandan beri mamlakatda siyosiy inqiroz davom etmoqda. 14 noyabrda parlament Rajapaksaga ishonchsizlik bildirishga ovoz bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid