O‘zbekiston | 09:48 / 04.12.2018
7821
2 daqiqa o‘qiladi

Tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha kiritiladi

Foto: EuroMedNews

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining “Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga quyidagi qo‘shimcha kiritilishi mumkin:

Quyidagi mazmundagi 301-bob bilan to‘ldiriladi:

“31-bob. Xalq tabobati ixtisosligi bo‘yicha

54-1. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan ambulator tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim:

steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
stullar;
kushetka;
muolaja xonasida statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani o‘tkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bo‘lganda);
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.

54-2. Maslahat, diagnostika va konservativ davolashdan iborat bo‘lgan statsionar tipdagi tibbiyot tashkilotida quyidagilar bo‘lishi lozim:

steril tibbiyot asbob-uskunalari uchun stol;
xalq tabobati vakili uchun ish stoli;
hamshiralar posti uchun stol;
stullar;
kushetka;
sovutgich (xolodilnik);
muolaja o‘tkaziladigan xonada statsionar holatdagi bakteriotsid lampa;
sterillash va distillash uchun mo‘ljallangan tibbiyot asbob-uskunalari yoki sterilizatsiyani o‘tkazish uchun imzolangan shartnoma (faoliyatida invaziv muolajalar mavjud bo‘lganda);
karavotlar;
tonometr va fonendoskop;
tibbiyot termometri.”. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid