Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Xalqaro BMT Modeli» va «Yosh delegat» loyihalari amalga oshiriladi
3 dekabr kuni «Yoshlar press-klubi»da Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasidagi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saidakbarxon Akbarovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, bu memorandum Toshkentda "Xalqaro BMT modeli" va "Yosh delegat" loyihalarini amalga oshirishga va tomonlarning umumiy maqsadlar yo‘lidagi hamkorligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qiladi.
Tadbirda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti rektori Komiljon Karimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Saidakbarxon Akbarov va O‘zbekiston BMT modellari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Ashita Mittal xonim so‘zga chiqib, 2019 yil mart oyida Toshkentdagi BMT modeli xalqaro konferensiyasini tashkil etish rejalashtirilganligini ishtirokchilarga ma'lum qildi va ushbu tadbirlar jinoyatlikning oldini olish hamda jinoiy adliya bo‘yicha XIII kongressda qabul qilingan Doha deklaratsiyasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
"Ta'lim uchun adolat" shiori ostidagi konferensiya qatnashchilarni BMTning asosiy vazifalari va tamoyillari bilan tanishtirish, ularni diplomatik, yetakchilik va notiqlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Unda 250 nafar o‘zbekistonlik va 250 xorijlik talaba ishtirok etadi", - deydi Saidakbarxon Akbarov.
Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti rektori – Komiljon Karimovning ta'kidlashicha, hozirgi kunda Universtitet talabalari rasmiy konferensiyaning veb-sayti timun.org'ni yaratish ustida ish olib borishmoqda. Ushbu veb-sayt O‘zbekiston Respublikasida har yili o‘tkaziladigan BMT modeli konferensiyalari manbai bo‘ladi. Konferentsiyada ishtirok etishni istagan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari va xalqaro universitetlar talabalari BMT konferensiyasining rasmiy sayti: mymun.org va o‘z veb-sayti: timun.org orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Konferentsiya uchun BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq qo‘llanma ishlab chiqilib, u "Adolat uchun ta'lim" global tashabbusi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
08:45 / 09.06.2026