Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senatori Saudiya shahzodasi Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador ekanini ma'lum qildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador. Bu haqda amerikalik senator Robert Korker MRB rahbari Jina Xaspel tomonidan o‘tkazilgan yopiq brifingdan so‘ng bayonot berdi, deb xabar qilmoqda CNN.
«Bu jinoyat Muhammad bin Salmonning ko‘rsatmasiga ko‘ra tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan, degan xulosaga kelmaslik uchun odam ataylab o‘zini ko‘r qilib ko‘rsatishi kerak. U avvalboshdan Qoshiqchining o‘limiga aloqador bo‘lgan», - dedi Korker jurnalistlarga. Uning qo‘shimcha qilishicha, MRB hisobotiga ko‘ra, jurnalistni o‘ldirishda ishtirok etgan jamoa uning jasadini bo‘laklab tashlashda yordam ko‘rsatish uchun sud ekspertini taklif qilgan.
Foto: AP
Tennessi shtatidan senator Korker va Shimoliy Karolinadan senator Lindsi Grexam Muhammad bin Salmonga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etish niyatida. «Agar u sudya oldida javob berganida, 30 daqiqa ichida hukm chiqarilgan bo‘lardi», - deya ta'kidlab o‘tdi Korker. Qayd etilishicha, podshohlikka nisbatan javob choralari AQShning Yamandagi harbiy harakatlarda ishtirokini cheklashni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi va Saudiya Arabistoni shahzodasi Qoshiqchi ishini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026