BMT boş kotibi Antoniu Guterreş va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud G20 sammiti doirasida jurnalist Jamol Qoşiqçi işini muhokama qildilar. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bu haqda BMT boş kotibi rasmiy vakilining örinbosari Farxon Haq ma'lumot bergan.

«Boş kotib Qoşiqçi işi yuzasidan barça tafsilotlar şaffof va tuşunarli bölişi zarurligini eslatdi. Şuningdek, u uşbu hodisada aybdor bölganlarning barça javobgarlikka tortilişi muhim ekanini aytdi», - dedi Haq.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Saudiya Arabistoni Qoşiqçi işi böyiça heç qanday ma'lumot bermaganini ma'lum qilgandi.

Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlining bildirişiça, Ar-Riyod tergovda hamkorlik qiliş istagi haqidagi bayonotga qaramay, jurnalist Jamol Qoşiqçi işi böyiça ma'lumotni Anqara bilan bölişmayapti.