Sport | 18:45 / 05.12.2018
4291
1 daqiqa o‘qiladi

Kokorin va Mamayev yana 2 oy hibsda qoldirildi

Moskva shahrining Tverskoy sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayevning jinoyat ishi bo‘yicha tergovchilar iltimosnomasini qanoatlantirib, ularni yana 2 oy davomida hibsda qoldirdi.

Sud qaroriga ko‘ra, futbolchilar 8 fevralgacha tergov izolyatorida ushlab turiladi. Bu qaror ishning boshqa ishtirokchilari – Kirill Kokorin va Aleksandr Protasovitskiyga ham taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy oktabr oyida Moskva shahri markazida ro‘y bergan 2ta janjal va mushtlashuv ishi bo‘yicha ayblanuvchi sifatida ishtirok etmoqdalar. Ular mulozim Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlaganlikda gumonlanmoqda. Jinoyat ishi «bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik harakatini amalga oshirish» va «tan jarohati yetkazish» moddalari bo‘yicha ochilgan.

Mavzuga oid