«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev sud qaroriga köra ozodlikka çiqadigan böldi.

Avvalroq advokatlar futbolçilarni şartli ravişda ozod qiliş haqida sudga iltimosnoma kiritişgan edi. 6 sentabr kuni Moskva şahrida ötkazilgan sud mahkamasida bu iltimosnoma qanoatlantirildi.

Rossiya qonunçiligiga asosan sud hukmi 10 kundan keyin kuçga kiradi. Şu tufayli Kokorin va Mamayev 17 sentabr kuni Belgorod viloyatidagi qamoqxonadan ozod etiladi.

Eslatib ötamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning dösti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta muştlaşuvda iştirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovçi Vitaliy Solovçukni döpposlaşgan edi.

8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Futbolçilarning oktabr – noyabr oylarida ozodlikka çiqişi kutilayotgan edi.