Rossiyalik futbolçilar Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev Belgorod oblastidagi koloniyadan ozodlikka çiqişdi.
Kokorinning advokati bergan ma'lumotga köra, futbolçi şu kunlarda «Zenit» bilan yangi şartnoma tuzdi. Uning sözlariga köra, Mamayev «Krasnodar» bilan şartnomasini bekor qilmagan va uşbu klubda öynaşda davom etadi.
#KokorinMamayev Aleksandr i Kirill Kokoriny i Pavel Mamayev vyshli na svobodu pic.twitter.com/p3YkzcZrQT
— SE Futbol (@se_football) September 17, 2019
Eslatib ötamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning dösti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta muştlaşuvda iştirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovçi Vitaliy Solovçukni döpposlaşgan edi.
8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Ular tergov vaqtida koloniyada ötkazgan vaqt ham bu muddat içiga kiritilgandi. Sentabr oyi boşida esa futbolçilarning advokatlari ularni şartli ravişda qamoqdan ozod qiliş böyiça sudga iltimosnoma kiritişgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgandi.












