Moskva şahrining Tverskoy sudi «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevning jinoyat işi böyiça tergovçilar iltimosnomasini qanoatlantirib, ularni yana 2 oy davomida hibsda qoldirdi.
Sud qaroriga köra, futbolçilar 8 fevralgaça tergov izolyatorida uşlab turiladi. Bu qaror işning boşqa iştirokçilari – Kirill Kokorin va Aleksandr Protasovitskiyga ham taalluqlidir.
Eslatib ötamiz, aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy oktabr oyida Moskva şahri markazida röy bergan 2ta janjal va muştlaşuv işi böyiça ayblanuvçi sifatida iştirok etmoqdalar. Ular mulozim Denis Pak va haydovçi Vitaliy Solovçukni döpposlaganlikda gumonlanmoqda. Jinoyat işi «bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik harakatini amalga oşiriş» va «tan jarohati yetkaziş» moddalari böyiça oçilgan.












